Endi Yoshlar ittifoqi a’zolari poytaxtga propiska qilinadi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yil 11 oktabr kuni “Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritish haqida”gi VM-813-sonli qarori imzolandi.
Unga muvofiq, endilikda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tizimida samarali mehnat qilgan fidoyi yoshlar Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida doimiy propiskaga ega bo‘lishlari mumkin.
Qayd etish joiz, mazkur qaror Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududidan “Yoshlar” uylaridan birini sotib olish imkoniyatini beradi.