Poytaxtda navbatdagi behayolik "makoni" fosh etildi
2017 yilning 23 iyun kuni taxminan soat 14:00 larda, o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, muqaddam sudlangan Maripov Vyacheslav Zekirovich (anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan) Mirzo Ulug‘bek tumani hududida joylashgan xonadonda fohishaxona saqlab, 30.000 so‘m pul evaziga fuqaro «R» va «K» larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Exxxx, qani sharim, hayo, ulug' ayom Ro'za ramazon oylarida qib yurgan ishlarini qaralaring... Kimlarga o'xshab ketdik...