Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Quyichirchiqda qimorxona fosh etildi

Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Aziz Ilhomov xonadonini qimorxona sifatida “ijara”ga berib kelayotgani aniqlandi. “Huquq” nashrining yozishicha, bu voqea yuzasidan jinoiy ish ochilib, tuman sudida ko‘rib chiqildi.
Surishtiruv chog‘ida ma’lum bo‘lishicha, bir kuni Ilhomovning uyiga do‘stlari Javlon Alimov va Normat Salomovlar kelib, bekorchilikda qimor o‘ynashgan. Shundan so‘ng ular bu uyni qimorxona sifatida ijaraga berib turish fikriga kelishgan. Ilhomov 12 kishigacha qabul qila oladigan xonani mana shunday ishlarga moslashtirib, mo‘may daromad ola boshlagan.
Ammo tuman IIB tezkor vakillari buning xabarini topib, dalil to‘plashgan va bir kuni noqonuniy qimorxonaga kirib kelib, Ilhomovni ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushirgan.


Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 5508 | Рейтинг: 0| Рейтинг: fosh etildi, Quyichirchiq, qimorxona
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:00
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное