Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Yoshlar ittifoqining kafolati Sherozni qamoqdan qutqarib qoldi


Avvalroq, jinoyat yo‘liga adashib kirib qolgan yoshlar O‘zbekiston Respublikasi yoshlar itifoqi kafilligi va kafolat xati orqali jinoiy jazodan ozod etilishi haqida xabar bergan edik.

Yoshlar ittifoqining yana bir yosh yigitning kamida 5 yil qamoq jazosidan qutulib qolishi uchun kafillikni o‘z zimmasiga oldi.

Sheroz Suvonov Samarqand viloyati Tayloqning Ukrach qishlog‘ida tug‘ilgan bo‘lib, qo‘lida gulday hunari bor. U Samarqanddagi yirik korxonalardan birida ishlaydi.

Sheroz qiziqqonligi, qolaversa, o‘z harakatining ijtimoiy xavflilik darajasini bilmasligi oqibatida “Telegram” ijtimoiy tarmog‘i orqali “Jesti i katastrofi” kanalidagi jangari videorolikni tanishiga yuborgan.

Bu nojo‘ya harakat fosh etilgach, Sherozga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi ochildi. Jinoyat ishi materiallariga ko‘ra, u 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin edi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tumani sudi binosida Toshkent shahar sudining sayyor majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Sheroz Suvonovga nisbatan ochilgan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Sud majlisida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Samarqand viloyati kengashi raisi R.Qobilov, Tayloq tumani kengashi raisi M.Ashurov ham ishtirok etdi va Sh.Suvonov haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

– O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etilayotganda Prezident Shavkat Mirziyoev ushbu tashkilot zimmasiga yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan muhim vazifalar qo‘ydi, – deydi O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Samarqand viloyati kengashi raisi R.Qobilov.

– Jumladan, hayotda bilib-bilmay huquqbuzarlik va jinoyat sodir etgan yoki boshqa nojo‘ya ishga qo‘l urgan yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlash, jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish ham ittifoq faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Sherozning kelgusida bunday nojo‘ya ishlar qilmasligi va yoshlar ittifoqining faol a’zosi bo‘lib, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish tadbirlarida qatnashishiga, el-yurt uchun kerakli kadr bo‘lib yetishishiga kafolat berdik – deydi, R. Qobilov.

Sud yoshlar ittifoqining ijobiy tavsifnomasi va kafolatini inobatga olib, sudlanuvchi Sh.Suvonovga tayinlanishi mumkin bo‘lgan 5 yildan 8 yilgacha qamoq jazosini 3 yilgacha axloq tuzatish ishiga almashtirdi.

O‘zAning xabariga ko‘ra, Yoshlar ittifoqining sa’y-harakati bilan bir yigit kamida 5 yil qamoq jazosidan qutqarib qolindi.

Siyovush To‘raxo‘jaev



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 4770 | Рейтинг: 0| Рейтинг: qamoqdan, qutqarib qoldi, Sheroz, Yoshlar ittifoqi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:42
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное