Dunyoning eng keksa jarrohi: u sizni, albatta, hayron qoldiradi
Agarda siz yoshning ulg'ayishi kasbiy faoliyatga o'z ta`sirini ko'rsatadi, deb hisoblasangiz, yanglishasiz. Sababi, oramizda keksa bo'lsa ham o'z ishini qoyilmaqom bajaruvchi insonlar bor. Ulardan biri - Alla Levushkina. U 89 yoshda bo'lishiga qaramay, Moskva yaqinidagi Ryazan shahar klinikasida jarroh bo'lib ishlaydi. Keksa ayol hamon kuniga 4 operatsiyani amalga oshiradi.
Salkam 90 yoshni qarshilagan Alla uyida nogiron jiyani va 8 mushugiga g'amxo'rlik qiladi. U 67 yil davomida jarroh bo'lib ishlagan va allaqachon 10 000dan ortiq operatsiyani amalga oshirgan.
Shifokor bo'lish - shunchaki kasb emas, balki hayot tarzi hamdir", - deya javob berdi Alla OAV xodimlarining nafaqaga chiqish haqidagi bergan savoliga. "Agar men ishlashdan to'xtasam, kim jarrohlik amaliyotini bajaradi?".
U hali ham ishlashda davom etayotgan dunyodagi eng keksa jarrohga aylanishi mumkin. Biroq uning uzoq umr ko'rish siri nimada ekan?
"Men uzoq umr kechirishning hech qanday sirini topa olmadim. Shunchaki, barcha narsani tanovul qilaman, ko'p kulaman va ko'p yig'layman", - deya javob berdi u.