Samarqandda shifokorlar sovuqda tashqarida badantarbiya qildi
Ijtimoiy tarmoqlarda "Bosh vrach shifokor va hamshiralarni jazolash uchun sovuqda ushlab turdi", degan izoh bilan fotosurat tarqaldi. Ushbu rasm Samarqand shahridagi 10-sonli oilaviy poliklinikada olingan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Samarqand shahridagi 10-sonli oilaviy poliklinika tibbiyot xodimlari har ish kunini badantarbiya mashqlari bilan boshlashga odatlangan. Ushbu mashg‘ulotlar ham poliklinika binosi ichida, ham tashqi hovlisida bajariladi.
Vazirlik matbuot xizmati suratga berilgan "shifokor va hamshiralar sovuqda ushlab turildi", degan mazmundagi izoh mutlaqo asossiz deb atagan.