Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Osiyo-Asi [+ soundreck]
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Pazanda - Im Loving You
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 2
. Sherlock Holmes - soundtreck (offical)
. Ziyoda - Oqibat [soundtreck]
. Qaqnus - Soundteck (korea)
. Ko'sem - Soundtreck music (Turk serial)
. Великолепный Век-Soundtreck 2
. Efir Sirlari - Soundtrack
. Sevgi Iztirobi - Nihan Muzurluk Peinde
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

103 shifokori: «Bizni ayblamang»

Ayni paytda Toshkent shahrida pandemiya avjida. Shahar aholisida virusli yuqumli infeksiya ko‘paygan.

Lekin bu pandemiya paytida jang qilib ishlayotgan 103 xodimlariga asossiz ayblovlar qo‘yilmoqda. Sizga 103ning kech borayotganligida oddiy xodimning aybi yo‘q. Bu muammo Sog‘liqni Saqlash boshqaruv apparati muammosi va juda ko‘p yuklama, resurslar yetishmayotganligi bilan bog‘liq.
1) 103 xodimi robotdek ishlamoqda, hatto hojatga borolmayapti. Odatda 200-250 chaqiruv bo‘lgan tumanlarda hozir 650-700 chaqiriq bo‘lmoqda. Ya’ni, 103 xodimlari 3 barobar yuklama bilan ishlamoqda.
2) Kechki payt soat 18-19 larda tushlik qilishmoqda. U ham bo‘lsa, ko‘chada u bu yegulik yeb olishmoqda. Tun soat 01:00-02:00 larda esa kechki ovqatni yeyishmoqda. Xalqdan iltimos, agar ko‘chada ovqat yeb turgan tez yordam mashinani ko‘rsangiz rasmga tushirib boshqacha talqin qilmang. Xonadoningizga borganda aqalli 1 piyola choy bering.
3) Shu kunlarda tez yordamga qo‘shimcha 50 dona eski damas mashinalari berildi. Lekin qo‘shimcha xodimlar hisobiga emas, balki 1 ta jamoani vrach va feldsherini alohidalash evaziga mashinalarga xodim berildi. Ular 2 kishi bajaradigan ishni bir o‘zi qilishga majbur bo‘lmoqda.
4) Eng asosiysi, shu 103 xodimlari har kuni Covid-19 bilan kurashmoqda. Chaqiriqlar 90 foiz temperatura. Juda ko‘p bemorlarda pnevmoniya bor. SES va poliklinika jarayonni boshqara olishmayapti va 103 ga yuklama haddan ziyod. Chunki test topshirgandan keyin 5-8 kungacha javobi chiqmayapti va ularga alohida COVID ga biriktirilgan jamoalar emas, balki umumiy 103 xodimlari borishmoqda.
5) Lekin shuncha hayotini havfga qo‘yib ishlayotgan 103 xodimi pandemiya davrida 1 tiyin ham moddiy rag‘bat yoki 6 foiz qo‘shimcha haq olgani yo‘q.
6) Oramizda Covid yuqtirib pnevmoniya bo‘lib shifoxonada yotgan xodimlar ko‘paymoqda.
7) Lekin Sog‘liqni saqlash vazirligi yoki boshqa yuqori mansabdorlar hech qanday yordam berishayotgani yo‘q.
Uralov Umidjon, 103 shifokori


Manba:xabar.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2007 | Рейтинг: 0| Рейтинг: shifokor, 103
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:32
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное