Diqqat! Londonda yana terror harakati sodir etildi!!!
2020 yil 2 fevral kuni Angliya poytaxti London shahrida terror harakati sodir etildi. Pichoq bilan qurollangan kimsa o'tkinchilarga hujum uyushtirdi. Politsiyachilar ushbu harakatni terror sifatida baholadi.
Aytishlaricha, terror harakati natijasida ikki kishi og'ir yaralanib, kasalxonaga olib ketildi. Terrorchini esa politsiyachilar otib o'ldirishdi. Ta'kidlashlariga ko'ra, u islomiy kuchlar bilan bog'liq kimsa ekan.
2019 yil noyabrida ham bir kimsa London markazida o'tkinchilarga qo'lida pichoq bilan hujum qilib ko'pchilikka aziyat yetkazgandi. Uni ham politsiya xodimlari otib tashlashgan.