Bugun, 18 oktyarbda O‘zbekiston estradasi yulduzi Dilso‘z (Go‘zal Jumaniyozova) va “Mango” guruhining sobiq a’zosi, hozirda yakka ijod qilayotgan Farruh Raimov qiz farzandlik bo‘lishdi. Xonandalar bir-birlariga ko‘ngil qo‘yib, joriy yilning aprel oyida nikoh rishtalari bilan bog‘langan edilar. Saytimiz tahririyati ikki yoshni qiz farzandlik bo‘lgani bilan muborakbod etib, ularga yana ko‘plab shirin-shakar farzandlarning ota-onasi bo‘lib, ularning baxt-kamolini ko‘rib yurish nasib etishini tilab qoladi.