Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Dilso‘z “to‘yidan keyin besh yarim oyda tug‘ishi” sabablarini tushuntirdi

Dilso‘z taxallusi bilan ijod qiluvchi xonanda Go‘zal Jumaniyozova-Raimova so‘nggi bir necha haftadan beri uning atrofida yuzaga kelgan shov-shuvlar munosabati bilan “Darakchi” gazetasiga katta intervyu berdi. Suhbat davomida to‘yi nima sababdan kechikkani va farzandi, ko‘pchilik nazarida, erta tug‘ilgani sabablarini ma’lum qildi.
“Odamlar bilib-bilmay xulosa chiqarib, gap tarqatganidan xafa bo‘ldik, albatta. Yetti yillik sevgi tariximizdan xabaringiz bor. Aslida to‘yimiz 2014-yil noyabrda bo‘lishi kerak edi, bunga hamma narsa tayyor edi”, — dedi xonanda.
“Kutilmaganda 21 yoshli jiyanim vafot etdi. Ta’ziyali bo‘lganimiz uchun to‘yni qoldirgandik. Lekin Navoiyda nikoh o‘qitilgan, FHDYodan ham o‘tgandik”, — dedi Dilso‘z.
“Toshkentdagi to‘yni orzu-havasimizdagidek o‘tkazish uchun fursat kutdik. Farzandim esa muddatidan biroz avval dunyoga keldi”, — deya qo‘shimcha qildi xonanda.
Avvalroq, xonanda Dilso‘z 18-oktabr kuni Toshkentda qiz farzandlik bo‘lgani, unga Dilso‘z deya ism qo‘ygani haqida xabar berilgan edi. Xonandalar Dilso‘z va Farrux Raimovlarning turmush qurishi munosabati bilan tashkil etilgan to‘y marosimlari 2015-yil 15-aprelida Navoiyda, 21-aprelida esa Toshkentda bo‘lib o‘tgandi.
 


Manba:daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 12379 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Dilso‘z
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:33
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное