Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Pazanda - Im Loving You
. Ayol Qalbi - You can't say (english version)
. Qish Sanatasi-Soundtreck2
. Osiyo-Asi [+ soundreck]
. Tabib-He yo Jin hikyo (soundtreck koreya)
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. Vorislar - Loves Moment (serial korea)
. Muhabbat tantanasi - soundtreck
. Великолепный Век-Soundtreck (of Rada Ray)
. Sevishganlar - soundtreck (OST serial kareya)
. Sherlock Holmes - soundtreck (offical)
. Sherlock Holmes - soundtreck (mix)
. Ko'sem - Soundtreck music (Turk serial)
. Qo'rqmas - soundtreck (music)
. Kuz ertagi-soundtreck 2
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Davomat va ilm: o'rtada qolgan talaba qay birini tanlasin?



Qabul qilinayotgan yangi qaror va farmonlar, rejalashtirilayotgan maqsadlar O'zbekistonning qator sohalarida islohotlar olib borish zarurligini ko'rsatmoqda. Jumladan, Oliy ta`lim tizimida ham. Sababi aynan uning sifati kelajakda iqtisodiyot yoki qonunchilikda amalga oshirilgan ishlarning samarali bo'lishiga ta`sir ko'rsatmay qolmaydi. 

Chet el universitetlarida, asosan, ilg'or g'arb mamlakatlarida, majburiy davomat tushunchasi deyarli yo'q, shunga qaramay darsxonalari doim to'la. Shaxsiy tajribamdan kelib chiqib aytishim mumkin-ki, AQSh oliy ta`lim muassasida talabalar “nb” olishdan qo'rqib emas, balki o'zlaridagi shu fanga nisbatan qiziqish va bilim olish istagi borligi uchungina darsga borishadi. Bu istaklarning paydo bo'lishiga bir qator sabablar bor. 

Birinchidan, ular universitetda o'rganmoqchi bo'lgan fanlarni, hozirgi bozordagi talab va shaxsiy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda belgilangan ro'yxatdan o'zlari tanlaydilar. Masalan, aynan moliya sohasida ish yuritmoqchi bo'lgan iqtisodchi fond bozori yoki bank tizimiga aloqador fanlarni tanlab, ularni chuqurroq o'rganadi. 



Ikkinchidan, dars jarayonining o'zi talabalar uchun juda qiziqarli. Bir yarim soat quruq leksiyani eshitib va hech nimani tushunmagandan ko'ra, bir soat o'qituvchi bilan suhbat qurib (aynan suhbat qurib) talaba ko'proq ma`lumot oladi. Bu yerda yana g'arb oliy ta`lim muassasalarini misol keltirish o'rinli, deb hisoblayman. U yerda shunday o'qituvchilar bor-ki, ularning fikriga osonlikcha qo'shilgan talabalarni xushlamaydilar va DOIMO talabadan tanqidiy fikrlashni kutadilar. Chunki faqat mavzuni tushungan odamgina jo'yali tanqid bildirishi mumkin. Isbot sifatida, dunyoning eng mashhur va boy investorlaridan biri Uorren Baffetning talabalik yillariga nazar solaylik. U Kolumbiya Biznes Maktabiga o'qishga kirib, o'sha zamonning eng kuchli iqtisodchisi va investori Ben Grehem (mashhur "The Intelligent Investor" kitobi muallifi) ma`ruzalarida qatnashib, uning nazariyalarini tanqid ostiga oladi va o'z nuqtai nazarini bildiradi. Eng qizig'i ushbu darsdan Uorren Baffet guruhdagi yagona yuqori bahoni qo'lga kiritadi. 

Uchinchidan, berilayotgan bilimning aktuallik darajasi talabaning o'qishga nisbatan qiziqishida muhim rol o'ynaydi. Ba`zida o'zimizning universitet darsliklarida Microsoft Office 2003 dasturini yoki Windows XP operatsion tizimni o'rganish uchun ajratilgan soatlarni ko'rib, hayron qolaman. Axir hozir ularni hech kim ishlatmaydiku, ularni o'rgangandan ne naf? 

To'rtinchidan, universitetlarning material ta`minoti juda ham yuqori darajada bo'lmog'i zarur. Har bir universitet va institutda butun hudud bo'ylab (faqat kutubxonada emas!) tekin internet bo'lishi shart. Bizda dars jarayonida elektron qurilmalardan (planshet va noutbuklardan) foydalanish taqiqlangan, xolbuki, ular ma`ruza paytida juda foydali. Talaba tushunmagan joyini, darhol internetdan qarab tushunib olishi va ma`ruzachini ortiqcha urintirmasligi mumkin. 

Beshinchidan, kirish imtihonlarining o'zini o'zgartirish zarur. Nimaga moliya va axborot texnologiyalari kabi har xil bo'lgan yo'nalishlarga hujjat topshirgan abituriyentlar matematikadan bir xil imtihon topshirishlari kerak? Axir, matematika juda keng fan va kelajakda ular uning boshqa-boshqa bo'limlarini va darajalarini ishlatadilar-ku. Yoki universitetga kirish uchun ingliz tili imtihonini olaylik. Kelajakdagi iqtisodchi ham, ingliz tili o'qituvchisi ham bir xil darajadagi ingliz tili imtihonini topshirishadi. Ingliz tili o'qituvchisi bo'lmoqchi bo'lgan abituriyentga talab kuchliroq bo'lishi kerak emasmi?

Men professional ekspert emasman, o'z fikrini bildirayotgan talabaman xolos. Shuning uchun ba`zi bir fikrlarim noto'g'ri yoki bizning jamiyatda samarasiz bo'lishi mumkin. Biroq yanada ko'proq insonlar, tegishli vazirlik ishchilaridan tortib to oddiy o'qituvchi va talabalargacha, o'z tanqidiy fikrlarini bildirsalar, eng aktual muammolar tezda aniqlanib, bartaraf etilgan bo'lar edi. Oxiri so'z sifatida bir narsani ta`kidlamoqchiman, talabalarimizning salohiyati juda ham yuqori, faqatgina ularga yaxshi sharoit va imkoniyatlar yetishmayapti xolos. Agarda bu muammolarni eng qisqa muddatda yechsak KeLAJAK bizniki!!!

Tursunov Olim


Manba:kun.uz
Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 3541 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: qaror va farmonlar, talaba
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
NuR_KR yes mavzu
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:16
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное