Ikki qiz iPhone sabab 19 yoshli talaba yigitni zo‘rladi
Tataristonning Bugulma shahrida ikki qiz 19 yoshli talaba yigitni zo‘rladi. Bu haqda "Tatarstan-24" portaliga tayanib Sof.uz xabar qildi.
Xabarda ta’kidlanishicha, jabrlanuvchining 22 yoshli tanishi smartfonini tuzatib berish uchun uyiga taklif qiladi. Kvartirada qizning 32 yoshli dugonasi ham bo‘ladi.
Talaba yigit telefonni tuzatib, egasiga qaytarganda, iPhone ekranida ozgina yoriq paydo bo‘lganini ko‘rgan qiz undan kompensatsiya uchun 3000 rubl talab qiladi.
Talaba rad javobini berganidan so‘ng, qizlar uni urib, yigitga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik o‘tkazishadi va hodisani iPhone kamerasida videoga olishadi. Agar pulni bermasang, buni internetga chiqarib yuboramiz deb tahdid qilishadi.
Jabrlanuvchi milisiyaga murojaat qiladi. Uning aytishicha, telefondagi chiziqlar ularning yovvoyi jinsiy xohishlarini amalga oshirish uchun bahona bo‘lgan xolos.
Voqea yuzasidan jinoiy ish ochilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.