Dam olish kunlari ekran qarshisiga o'tirib olib, "Qanday film tomosha qilsam ekan?" deya o'ylanayotgan kino muhlislari uchun bir necha tavsiyalar qilishni hohladik. Inson biror filmni tomosha qilganda, undan qandaydur ozuqa olishga, o'ziga nisbatan xulosa chiqarishga harakat qiladi. Yana ba'zi bir insonlar esa o'z hayollarida film yaratib, uni haqiqiy kinoga aylantirishni hohlashadi. Biz sizga tavsiya etmohchi bo'lgan filmlar esa ham mazmunli, ham ma'naviy ozuqa beradigan, ham kayfiyatingizni ko'taradigan va hayolingizdan o'tkazgan fikrlarni kinoda ko'rishingizga imkoniyat yaratib bera oladigan filmlar deya olamiz.
Shnday ekan, dam olishni maroqli va mazmunli o'tkazishga yordam beradigan filmlar 5ligini sizning e'tiboringizga havola qilamiz. Ushbu filmlarni tomosha qilishni barchaga tavsiya qilgan bo'lardik. Allaqachon tomosha qilib bo'lganlar esa takroran ko'rsalar ham afsuslanmaydilar.
1. Fokus (Фокус) - Mahoratli aktyor Uill Smit ijrosidagi bu film tragik komediyaa janrida suratga olingan. Filmda noodatiy jinoiy guruh haqida so'z yuritilgan. Eng ajablanarlisi, filmda qanday qilib fokus orqali biror narsani o'g'irlashni qoyilmaqom tarzda ko'rsatilgan. Shu yerda bir savol tug'iladi. Bu film orqali bizga qanday og'rilik qilishni o'rgatyaptmi yoki mana shunday o'g'riliklardan ehtiyot bo'lishga chorlamoqdami? Bugungi kunda dolzarb masalalardan biri bo'lgan o'g'rilik, talon-tarojlik, ko'zbo'yamachiliklar ko'payib ketgan bir paytda bu filmning namoyishi ayni muddao bo'ldi desa ham bo'ladi. Bu film 2015-yil AQshda premyera qilingan bo'lib, tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olingan. Film nimani targ'ib qilayotganini takror-takror ko'rgandan so'ng tushunib yetish mumkin.
2. Lucy (Люси) - Insonning miya faoliyati necha foizni tashkil etishini bilasizmi? Atigi 6-7% faoliyat ko'rsatishi haqida habaringiz bormi? Qiziq, agar miya faoliyati bundanda ko'proq darajada faoliyat ko'rsatsa qanday bo'ladi? Bu savollar sizni ham qiziqtiradimi? Demak bu film aynan siz uchun. Ilmiy-fantastik janrida suratga olingan bu filmda bosh rolni Skarlet Yohansan mahorat bilan ijro etadi. Ushbu film orqali tadqiqotchi olimlar ham faqat tasavvur eta oladigan lavhalarni ko'rishingiz mumkin. Inson miya faoliyatining ishlash darajasi ortgani sayin nimalarga olib kelishini faqatgina tasavvur etibgina qolmay, o'z ko'zingiz bilan ko'rishingiz ham mumkin. Tabbiyki bunday lavhalar film rejjisyorining boy fantaziyasi orqali amalga oshirilgan. Bu film albatta sizni e'tiborsiz qoldirmaydi.
3. Ayg'oqchi (Шпион) - Bosh rollarni Melissa Makkarti, Jeyson Stedham, Jud Lou kabi iste'dodli aktyorlar bu fimlda qoyilmaqom rol ijro etganlar. Bu film komediya janrida ishlangan bo'lib, inson kayfiiyatini chnakam ko'tara oladigan sahnalarga boy. Film bir umr haqiqiy ayg'oqchi bo'lishn orzu qiladigan Syuzan Kuper haqida hikoya qilladi. Bu filmni tomosha qilib, maroqli hordiq olishingiz shubxasiz.
4. Seni uchratgunga qadar (До встречи с тобой) - bu film romantikani, haqiqiy muhabbatni sevuvchi kinomuhlislari uchun ayni muddao desa bo'ladi. Bu film Djodjo Moyesning shu nomli asari asosida suratga olingan. Filmda Emiliya Klark va Sem Klaflin bosh rollarni ijro etgan. Bu film juda ham hushchaqchaq, quvnoq ammo baxtsiz hodisa orqali bir umrga nogiron bo'lib qolgan yigit haqida hikoya qiladi. Uning hayotga bo'lgan qiziqishi butunlay so'nib borgan, Xattoki, hayotdan ketishga ham tayyor bo'ladi. Ammo Lu ismli qiz uning hayotiga bir oz bo'lsada yorug'lik hadya qila oladi. Ular bir-biriga bog'lanib qoladilar. Ammo bular yigitning fikrini o'zgartirishga yordam bera olmaydi. Nima uchun bunday bo'lganini filmni ko'rib xulosa qilishingiz mumkin. Juda ham ta'sirli va chiroyli sahnalarga boy film deya e'tirof etsa bo'ladi.
5. Mitti xo'jayin (Босс Молокосос) - Tomoshabinlar faqatgina kino tomosha qilibgina qolmay, multfilmlarni ham mamnuniyat bilan tomosha qiladilar. Nafaqat kichkintoy bolajonlar, balki kattalar ham sevib tomosha qiladigan multfilmlar mavjud. Mitti xo'jayin (Босс Молокосос) multfilmi ham anu shundaylar sirasiga kiradi. Ushbu multfilm oilaviy komediya janrida ishlangan bo'lib, ajoyib kyfiyat bag'ishlaydi. Rejissyor bu filmni ishlashdan maqsadi qanday bo'lgan, bu multfilm orqali nima bermohchi degan savolga javob topishga urinasiz. Vaqtingizni unumli o'tishida ko'mak beruvchi ushbu multfilmni tomosha qilganingizga afsuslanmaysiz deb o'yllaymiz.
Kino san'atning bir turi sifatida insonga ma'naviy va madaniy ozuqa berish vositasi hisoblanadi. Har yili dunyo bo'yicha turli xil janrdagi millionlab filmlar, multfilmlar, seriallar namoyishi bo'lib o'tadi. Siz qaysi janrning muhlisi bo'lsangiz, o'z didingizga mos filmlarni topib ko'rish imkoniyati sizda mavjud. Ko'nglingizga eng yaqin qaysi film? Qaysi film sizni ta'sirlanishga majbur qilgan? Qaysi filmdan ma'naviy ozuqa olgansiz? Bu haqda o'z izohlaringizni qoldiring.