Buxoroda fohishaxona tashkil qilgan fermer qo‘lga olindi
Buxoroda o‘zining fermer xo‘jaligidagi dala shiyponida fohishaxona tashkil qilgan shaxsning “faoliyati”ga chek qo‘yildi.
G‘ijduvon tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Tun” tadbiri davomida G‘ijduvon tumani Guliston MFYda yashovchi, 1964 yilda tug‘ilgan nafaqadagi Bobomurod Xudoyberdiev o‘zining Havzak MFY, Mazoragasak qishlog‘ida joylashgan Hazorbog‘ fermer xo‘jaligidagi dala shiyponida 80.000 so‘m pul evaziga shu tumanda yashovchilar fuqarolar 1992 yilda tug‘ilgan S.A., 1997 yilda tug‘ilgan O.O., 1998 yilda tug‘ilgan J.D., 1985 yilda tug‘ilgan N.M. hamda 1995 yilda tug‘ilgan B.I.larning jinsiy aloqada bo‘lishlariga sharoit yaratib berib, qo‘shmachilik jinoyatini sodir qilganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan B.Xudoyberdievga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.