Buxoro viloyatining Kogon shahrida 51 yoshli o‘g‘il 73 yoshli onasini bo‘g‘ib o‘ldirdi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Joriy yilning 8 fevral kuni soat 13:25 larda, Kogon shahar “Buxoroyi Sharif” mahallasida yashovchi, 1971 yilda tug‘ilgan Ch.O‘. o‘z uyida 1949 yilda tug‘ilgan onasi N.O.ni oilaviy kelishmovchilik sabab qo‘llari bilan bo‘g‘ib o‘ldirgan.
Holat yuzasidan Kogon shahar prokuraturasi tomonidan sud tibbiyot ekspertizasi tayinlanib, Ch.O‘.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va u qamoqqa olingan.