Bred Pitt sobiq xotinini Stoli Group Tenute del Mondo vino zavodi uchun sudga berdi, deb xabar bermoqda PeopleTalk nashri.
Gap shundaki, ular turmush qurganidan so‘ng vino zavodini birgalikda sotib olishgan, ammo ajrashgandan so‘ng Anjelina Joli o‘z ulushini rossiyalik tadbirkor Yuriy Sheflerga sotib yuborgan.
Aktyor Joli va Shefler o‘rtasidagi kelishuvni bekor qilishni talab qilmoqda, chunki u bu shartlarga rozi bo‘lmagan, ammo aktrisa buni sobiq eri bilan muhokama qilmagan. Pitning so‘zlariga ko‘ra, u vinochilikni rivojlantirish uchun ko‘p pul va kuch sarflagan, Yuriy Shefler esa “biznesga zarar keltirgan”. Avvalroq Anjelina Joli va Bred Pitt bir-birining roziligisiz o‘z aksiyalarini sotmaslikka kelishib olgan edi.
Bred Pitt va Anjelina Joli 2016-yilda ajrashganidan keyingi besh yil davomida sud zalida bolalari uchun shiddatli kurash olib bordi. Yaqinda aktyor ham farzandlarga vasiylik huquqiga ega bo‘ldi, ammo Joli bundan norozi bo‘lib, apellyatsiya shikoyati berdi va sudyani ishdan chetlatdi.