BMT Xavfsizlik kengashi raisligi 2015 yil 12 sentyabrdan Rossiyaga o‘tadi. Rossiya Federatsiyasining raisligi oy so‘ngiga qadar davom etadi. Bu haqda “Interfaks” agentligi xabar berdi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning ma’lum qilishicha, sentabr oyida BMT Xavfsizlik kengashidagi ishlar intensiv tartibda amalga oshiriladi.
“Vazirlikning tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi mojarolarni bartaraf etish hamda terroristik xavflarga qarshi kurash masalalariga bag‘ishlangan ochiq yig‘ilishi Rossiya raisligidagi oyning markaziy tadbiri bo‘ladi”, – dedi Zaxarova. Uning so‘zlariga ko‘ra, tabdir 30 sentyabrda bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, Rossiya raisligi chog‘ida Liviyadagi missiya muddatlarini uzaytirish masalari ham muhokama qilinadi. Zaxarovaning ma’lum qilishicha, Liviyadagi vaziyat, ushbu mamlakatga joriy etilgan sanksiya tartibining holati asosiy muhokamalar markazida bo‘ladi.
Xabar qilinganidek, BMT Bosh assambleyasining 70- sessiyasi 15 sentabr kuni jahon tashkilotining Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida ochiladi. Sessiya doirasida 25-27 sentabr kunlari 2015 yildan so‘ng taraqqiyot sohasidagi global kun tartibini tasdiqlash rejalashtirilgan sammit bo‘lib o‘tadi. 28 sentyabrda esa 150dan ziyod mamlakatlar rahbarlari va BMTga a’zo mamlakatlar hukumatlari ishtirokidagi umumsiyosiy muhokamalar boshlanadi.
BMT Bosh assambleyasining 70- sessiyasida O‘zbekiston vakillari ham ishtirok etadi.