Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Bizni o‘ldiradigan ovqatlar ro‘yxati ma’lum qilindi


Yaqinda chop etilgan bir tadqiqot ishi xavotirli statistikani ko‘rsatdi: taomga juda ko‘p miqdordagi ultraishlov berilgan mahsulotlarni qo‘shib iste’mol qilish hayotingizni qisqartirishi mumkin. Bu haqda “ForumDaily” yozadi.

Kam miqdorda ishlov beriladigan oziq-ovqat mahsulotlari o‘zlarining oziqaviy xususiyatlarining katta qismini saqlab qoladi.

Masalan, meva, sabzavot, salat va qovurilgan yong‘oqlar. Ular bilan birga muzlatilgan sabzavotlar va mevalar ham o‘zining foydali xususiyatlarini saqlab qoladi. Ular sog‘liqqa foydali va tanani zarur oziqa moddalari bilan to‘ldiradi.

Minimal ishlov berilgan boshqa oziq-ovqatlar sirasiga souslar va ziravorlar, shuningdek kalsiy va D vitamini bilan boyitilgan yormalar, krekerlar, yong‘oq yog‘lari, yogurt va sut kiradi.

Qayta ishlov berilgan “yarimtayyor” sifatida mashhur oziq-ovqatlar eng ko‘p muammolarni keltirib chiqaradi. Ular tuz, shakar, yog‘lar, shuningdek ta’m beruvchilar, bo‘yoqlar va boshqa qo‘shimchalarning birikmasidir.

Ultra qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlari, odatda, besh yoki undan ko‘p moddalarni o‘z ichiga oladigan va boshqa qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlarida topilmaydigan, masalan, gidrogenizatsiyalashgan yog‘lar, bo‘yoqlar yoki ta’mni kuchaytiruvchi moddalarni o‘z ichiga oladigan birikmadir.

Quyida bir nechta ultra ishlov berilgan oziq-ovqatlar ro‘yxati keltirilgan:

Gazlangan ichimliklar

Shirin va sho‘r gazaklar

Muzqaymoq

Konfetlar (qandolat mahsulotlari)

Margarinlar

Pechenye va tortlar

Donli batonchiklar

Sharbatlar

Go‘sht va tovuq go‘shti ekstrakti

Salomatlik va ozish uchun mahsulotlar

Tayyor tortlar, pasta va pissa

Kolbasa

Burgerlar

Xot-doglar

Qadoqlangan sho‘rvalar

Ushbu mahsulotlarning retsept va tarkibiy qismlari ularni juda qulay (yeyishga tayyor), juda yoqimli (juda mazali), yuqori daromadli (arzon tarkibli) mahsulotlar qilib qo‘yadi.

Agar sizda ushbu ro‘yxatdagi mahsulotlardan bo‘lsa, ularni uzoq va sog‘lom hayot kechirish uchun me’yorda iste’mol qilishingiz mumkin.



Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 8627 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Bizni, o‘ldiradigan, ovqatlar ro‘yxati, ma’lum qilindi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:19
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное