Bollivud yulduzi – aktrisa Shridevining o‘limiga nima sabab bo‘lgani aytildi, deb xabar qilmoqda India Today.
25 fevral kuni qarindoshining to‘yida qatnashish uchun Dubayga kelgan mashhur hind aktrisasi Shridevi 54 yoshida yuragining to‘xtab qolishi natijasida olamdan o‘tdi.
O‘lim haqidagi guvohnomada ko‘rsatilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Shridevi baxtsiz hodisa natijasida hayotdan ko‘z yumgan – u cho‘kib ketgan. Ba’zi OAVning aniqlik kiritishicha, aktrisa vannaga yiqilib tushganidan so‘ng yuragi to‘xtab qolgan. Shuningdek iddao etilishicha, Shridevining qonidan alkogol izlari topilgan.
Shridevi 50 yillik ijodi davomida 300 ta filmda suratga tushgan. 2013 yilda Hindistonning nufuzi jihatidan to‘rtinchi o‘rinda turuvchi Padma Shri oliy mukofoti bilan taqdirlangan.
Shridevining Bollivuddagi debyuti – 1979 yilda tasvirga olingan “16chi bahor” filmidagi rolidir. 1983 yilda esa u “Shok” filmida suratga tushib, Hindiston kinosanoatida o‘z izini qoldirdi.
Aktrisa vafoti munosabati bilan Bollivud yulduzlari va Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi hamdardlik bildirishdi.