Xalq bankining «Omad kulganda» lotereyasi natijalari ma’lum qilindi
O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankining «Omad kulganda» tirajli, pul–buyum yutuqli lotereyasining yutuqlar tiraji 2015 yil 24-25 oktabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Xalq banki Axborot markazi Kun.uz saytiga xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, natijalar 28 oktabr kuni «Xalq so‘zi» gazetasida e’lon qilinadi. Shuningdek, lotereya natijalari Xalq banki rasmiy saytiga ham joylashtiriladi.
Yutuqlar tirajida lotereyaning bitta razryadi bo‘yicha umumiy summasi 2 497 440 040 so‘mlik 235 800ta pul-buyum yutuqlari o‘ynalgan.
Yutuqlar tiraji lotereyaning bitta tiraji bo‘yicha o‘tkazilgan. Seriya va bilet raqami xuddi shunday bo‘lgan lotereya biletining ikkinchi razryadiga ham xuddi shunday yutuqlar chiqqan hisoblanadi.
Yutuq chiqqan lotereya biletlarini ushbu havola orqali aniqlash mumkin.
Miqdori 500 000 (besh yuz ming) so‘mgacha bo‘lgan pul yutuqlari bankning istalgan filialida, 500 000 (besh yuz ming) so‘m va undan ortiq miqdordagi pul yutuqlari bank markaziy apparatining Lotereyalarni ekspertizadan o‘tkazish bo‘limida ekspertizadan o‘tkazilgandan so‘ng, lotereya bileti ekpertizaga topshirilgan filialda to‘lab beriladi.
Avtomobil yutug‘i chiqqan lotereya biletlari bo‘yicha yutuqlar, yutuq egalarining turar joyi bo‘yicha joylashgan Xalq banki filialida (qulaylik uchun) ekspertizaga qabul qilinadi va lotereya bileti ekspertizadan o‘tkazilgandan so‘ng, Xalq bankining Toshkent shahar, Amur Temur shoh ko‘chasi, 3–uy manzilida joylashgan Bosh amaliyotlar boshqarmasidan beriladi.
Yutuqli biletlar, yutuqlar tiraji Rasmiy jadvali e’lon qilingan kundan boshlab to‘rt oy muddat davomida to‘lovga qabul qilinadi. Ushbu muddat tugagandan so‘ng, yutuqli biletlar o‘z kuchini yo‘qotadi va to‘lovga qabul qilinmaydi.