Estradamizning serqirra ijodkorlari Benom guruhi vakillari so‘nggi kunlarda xalqimizga ketma-ket kutilmagan yangiliklar bilan xushnud etishmoqda. Bundan muxlislari juda ham xursand. Biroq bugun ularning ijodiy yangiliklariga taaluqli bo‘lmagan, kichik ma’lumotlarni taqdim etishga ahd qildik.
Bilasizmi, “Benom” guruhi vakillari beshta kamchiliklari bor ekanini tan olishdi va bu haqida saytimiz orqali oshkor etishmoqda. Bular: Kech qolish. Kechgacha ishlab, kech uyqudan turganimiz uchun taklif qilingan joylarga doimo kech qolish bilan birga uzviy bog‘liq bo‘lgan kamchiliklarimiz ham bor: Uyqusizlik. O‘z vaqtida ovqatlanmaslik. Boshqa hamkasblarmiz kabi vaqtida dam olmaslik. Ko‘rib turganingizdek, birgina sabab, qator kamchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Muxlislarimiz bilan doimiy aloqada bo‘la olmaslik. Bir-birimiz bilan tez-tez urishib turamiz. Hamkasblarimiz qo‘shiqlarini vaqt yo‘qligi sabab, muddatini kechiktirib qo‘yamiz. Maqsad qilgan marramizning yarmidamiz. Bu esa bizning yutug‘imiz.
Ana shunaqa gaplar. Kamchiliklarga qaramay, Sarvar va Komil qizg‘in ijod qilishmoqda. Biz xonandalarga omad tilagan holda, yangi tarona va kliplarni kutib qolamiz.