Sarvar va Komilning do‘stligiga kim yoki nima rahna soldi
Shou biznes olamida yana bir shov-shuvli xabar. "Benom" guruhi ijodkorlari Sarvar va Komil tarqalib, ijodkorlar birga hamkorlik qilishdan bosh tortishgan. Oxirgi paytda Komilning katta tadbirlarda, tv orqali berilgan dasturlarda qolaversa "Yil qo‘shig‘i" gala konsertida ham mukofotni yakka o‘zi olgani va intervyu bergani ko‘pchilikda turli savollar tug‘dirgan edi.
Mazkur tushunmovchiliklarga oydinlik kiritish maqsadida ijodkorlarning prdyusseri Bahrul Qurbonovga murojaat qildik.
Bahrul Qurbonov:
Ayni dam aytishim mumkin Sarvar Azimov kompozitorlik faoliyatini davom ettirmoqda ammo qo‘shiq aytmaydi. Komil Fozilov esa yakka o‘zi ijod qilmoqda. Ularning orasidagi do‘stona munosabatlarning darz ketishiga kim yoki nima sabab bo‘lganini hozircha aytolmayman.
Tez kunda, ijodkorlarning o‘zlari tashrif buyurib Popcornuz sayti orqali hammasini oshkor qilishadi.