Olimlarning ta`kidlashicha, quyida sanab o`tiladigan mahsulotlar nafaqat qorningizni to`ydiradi, balki sizga baxt hissini tuyushda yordam beradi. Demak, ularni tez-tez iste`mol qilishni kanda qilmang! Shokolad
Ko`pchilik ovqatga organizmni bir me`yorda tutib turuvchi manba sifatida qarashadi. Ba`zi bir odamlar xushbichim qomatga ega bo`lish uchun o`zlarini eb-ichishdan qisadi, ovqat semirtirib yuboradi, deb o`ylaydi. Ba`zida lazzatli taom insonga xush kayfiyat, quvonch va hatto baxt ato etishi mumkin ekan. Mazali tushlikdan 15-20 daqiqa keyin eyilgan shokolad sizga quvonch va baxt tuyg`usini hadya etadi. Kartoshka
Qanchalik kuchli parhez tutmang, taomnomangizdan kartoshkali ovqatlarni o`chirmang. Oddiy kartoshka bo`tqasi ham sizga bir olam shodlik keltirishi mumkin. Bu sabzavot inson organizmi uchun baxt hissini beruvchi serotonin moddasini ishlab chiqaradi. (Gap tabiiy holda etishtirilgan kartoshka haqida ketmoqda). Kimyoviy qo`shimchalar bu erda hech qanday rol o`ynamaydi. Ko`katlar
O`zingizni yanada baxtli his qilish uchun kundalik ovqat rasioningizga albatta ko`katlarni qo`shing. Aynan ular organizm uchun zarur bo`lgan foliy kislotasining kerakli miqdorini etkazib beradi. Agarda inson organizmida bu modda etishmasa, kuchli xavotirga, depressiyaga tushishi mumkin. Brokkoli, sarsabil, salat barglari, karam — xushchaqchaq yashashni istovchi odamlarning haqiqiy do`stidir. Har qanday eyishga yaroqli bo`lgan ko`katlarni iste`mol qilish, foydadan xoli bo`lmaydi. Aminokislotalar
Bo`m-bo`sh muzlatkichlarni sevuvchi odamlar shu joyda ko`zlarini yumganlari ma`qul. Ha, gap yog`li aminokislotalar mavjud bo`lgan mahsulotlar haqida ketmoqda. Kayfiyatni ko`tarish uchun ularni muntazam ravishda iste`mol qilish maqsadga muvofiqdir. Masalan, rasioningizda albatta, yong`oq, bodom, baliq va turli o`simlik yog`lari bo`lishi lozim. Yong`oqli desert, losos balig`i va o`simlik yog`i, limon sharbati qo`shilgan salatlar eng g`am-g`ussaga botgan pessimestni ham optimistga aylantirib yuboradi. Sitrus mevalar
Sitrus mevalarni faqat yangi yilda emas, har kuni eydigan bo`lsangiz, u sizga haqiqiy quvonch baxsh etadi. Mandarin, greypfrut va apelsinlar inson miyasida quvonch garmonlari ishlab chiqilishida katta yordam beradi, u yana insonni V, S guruhiga kiruvchi vitaminlar va asab tizimini mustahkamlovchi gormonlar bilan ta`minlaydi. Bu erda eng asosiysi hammasi me`yorida bo`lishi lozim. Bo`lmasa, yuzimizga tabassum o`rniga allergiyadan qizil toshmalar toshib ketishi mumkin. Qulupnay
Qulupnayda S, E, V vitaminlari, magniy, kalsiy va boshqa minerallar mavjud. Ularning barchasi asab impulslariga endorfin moddasini ishlab chiqishda yordam ko`rsatadi. Bundan tashqari uning yorqin rangining o`zi ham inson kayfiyatini ko`tarib, bir olam quvonch baxsh etadi.