Rayhon: “baxt bu—xayrli tun tilaydigan insonning borligi”
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga yangi oilaviy fotosuratlarini joylashtirdi. Mazkur suratlarda xonandaning o‘zi, farzandlari, singlisi Nasiba va uning turmush o‘rtog‘i Jamshidni ko‘rish mumkin.
Xonanda har bir suratga o‘ziga xos tarzda izoh qoldirdi. Xususan, ulardan biri e’tiborimizni tortdi:
“Baxt—bu hayotingda xayrli tun va xayrli tong tilaydigan insonning va sen shoshiladigan joyning borligi, shunchaki seni kimdir kutayotganini bilish”.