O'zbek estradasining yorqin ikki yulduzi birgalikda yangi ijod namuna yaratsa, odatda bu ijod mahsuli so'zsiz ommalashadi. So'nggi yillarning eng yaxshi erkak va ayol xonandalarining birgalikdagi ijodiy ishi ham barchaning diqqat markazidan o'rin egallashiga shubha yo'q. Demak, Rayhon va Ulug'bek Rahmatullaevning "O'qilmagan kitob"i haqida.
Rayhon musiqasi, Zafar Qodirov aranjirovkasi bilan "Aldandim" yoki "O'qilmagan kitob" taronasi "Pan Terra" studiyasida yozildi. Qo'shiq 2 xil nom bilan nomlandi va muxlislarning fikriga ko'ra ikkisidan biri asosiy nom sifatida qabul qilinadi. Marhamat taronani o'zingiz tinglang va baxo bering!