Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Muhabbat tafti - Rabba Ve
. Choli Qushi-soundtreck
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Pazanda - Did You Forget (Soundtrack)
. Bola Uyda yolg'iz-soundtreck
. Gulperi - Soundtreck (Turk serial)
. Qirolicha - Stakan Version
. Ko'sem - Soundtreck music (Turk serial)
. Qalbim Chechagi-soundtreck3
. Sevgi Iztirobi - Anlatamam
. Pazanda - Soundtrack
. Muhabbat tafti - Teri Meri hind soundtreck
. Muxabbat va Extiros - soundtreck (Offical)
. TisMarHan-soundtreck
. Malikam Endi qara - Ask Laftan
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Och qoringa yeb bo‘lmaydigan 8 mahsulot

Qorin ochiqqanida dasturxonga qo‘yilgan jamiki noz-ne’matlarni paqqos tushirgimiz keladi. Ammo bu ishimiz oshqozonimizga og‘irlik qilishi haqida sira o‘ylamaymiz. Yo‘q, o‘ylaymiz, faqat sal keyinroq, og‘riq yoki biror bezovtalik kelib chiqqanida. Bunday bo‘lmasligi uchun esa och qoringa yeyilmaydigan mahsulotlar bilan tanishib olsangiz, zarar qilmaydi. Bu borada oliy toifali shifokor-terapevt Nodira HAMROYEVAning fikrlari bilan qiziqdik .  
BANAN 
Mevalar hazm faoliyatini yaxshilaydi, deymiz-u, ammo mevadan mevaning farqi bor-da. Masalan, tarkibida magniy ko‘p bo‘lgan bananni och qoringa yeyish tavsiya etilmaydi. Yo‘qsa, magniy va kalsiy muvozanati buzilishi mumkin. Bu esa yurak qon-tomir tizimi faoliyatida turli  o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. 
SITRUS MEVALAR
Yoz jaziramasida ko‘chadan kirgan zahotingiz muzdek sitrus mevalarga ixtiyor berasizu, chanqog‘ingizni qondirasiz. Aslida esa oshqozoningizning gaz va kislotalar bilan to‘lgani qoladi, xolos. Ayniqsa, sitrus meva sharbatlari me’da devorlarini qattiq ta’sirlantiradi. Natijada fermentlar ta’sirlanishi yuz berib, turli kasalliklar kelib chiqishi mumkin. Bu holat ayollarda hayz siklining o‘zgarishini ham sabab bo‘ladi. 
DO‘LANA 
Ko‘p miqdordagi organik  moddalar va limon kislotasi oshqozon suyuqligining faol ajralishiga olib keladi. Och qoringa me’da shirasi shusiz ham ko‘p ajraladi. Do‘lana esa ushbu holatni yanada jadallashtirishi mumkin. 
YOGURT 
Dietologlar tavsiyasi: yogurtni och qoringa iste’mol qilmang. Ushbu mahsulot nonushtadan so‘ng yoki uyquga yotishdan oldin yeyilsa, hazm faoliyatini yaxshilaydi. Och qoringa esa foydali hususiyatini yo‘qotadi. 
KARTOShKA
Qovurilgan kartoshka fri, kartoshkali quymoq yoki yana boshqa yeguliklar albatta, mazali. Biroq taomlanishni bular bilan boshlamang. Kartoshka tarkibida oshlovchi moddalar va pektin bo‘lib, oshqozon shirasining ajralishini faollashtiradi. Shira me’yoridan ko‘p ajralganida esa oshqozonda og‘irlik seziladi. 
XURMO 
To‘yimli va og‘izga xush yoquvchi ta’mli xurmo bilan tamaddi qilishni boshlaysiz. Ammo bir narsani unutmang: xurmo tarkibida ham huddi kartoshka kabi moddalar, oshlovchi kislota va pektin bor. Bo‘sh oshqozonga yeyilganida, yaxshi hazm bo‘lmay, gelga o‘xshash ko‘rinishga keladi. Bu esa o‘z navbatida toshga aylanishi mumkin. 
POMIDOR 
Issiq kunlarda pomidor qo‘shilgan sabzavotli salatlar jonning rohati. Ammo 2-3 soatdan beri hech nima iste’mol qilinmagan bo‘lsa, tamaddini salat bilan boshlash mumkin emas. Chunki pomidorda ham pektin moddasi bor. Yaxshi hazm bo‘lmaganida oshqozonda og‘riq paydo qiladi. 
ShAKAR 
Ko‘pchilik avval shirin choydan xo‘plab, so‘ng biror nima tamaddi qiladi. Bu noto‘g‘ri! Shakar juda tez singish hususiyatiga ega. Bo‘sh oshqzonga tushganida tezda «yo‘li» ni topib oladi. Qarabsizki, organizmingiz qondagi insulin miqdori nazoratini qo‘ldan chiqaradi. Bu hali hammasi emas. Muntazam och qoringa shirin choy ichilishi ko‘z nuriga ham ta’sir etadi. 
SARIMSOQ 
Ishtahani yaxshilaydi, deya e’tirof qilinsa-da, och qoringa sarimsoqni tanlamang. Bu poliz ekini tarkibidagi allisin moddasi oshqozon devorlarini qattiq ta’sirlantiradi. Tez-tez takrorlanishi esa gastrospazmaga olib kelishi mumkin. 
Juda ochiqqan bo‘lsangiz ham ishtahangizni nazorat qilishga harakat qiling. Qorinning g‘amini yeyapman deya, oshqozonning tashvishiga tushib qolmang tag‘in.


Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 11138 | Рейтинг: 0| Рейтинг: mahsulot, Och qorin
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:14
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное