Mana bugun yana bir Yakshanba...
Sayyod nashrida siz sevgan ajoyib loyiha davom etadi...
Marxamat Yakshanba-muxlis minbari yangi soni...
Assalomu alaykum Sardoraka! Saytni muntazam kuzatib boraman qilayotgan savobli ishlaringizda Ollox o‘zi madadkor bo‘lsin. Oldindan uzr mazkur maktubim yakshanba kuni saytda berilsa xam yoki elektron pochtamga o‘ziz javob yozsangiz xam sizdan minnatdorman. Endi qalbimni tirnayotgan mavzuga o‘tsam...
Yoshim 32 da shu paytgacha turmush qurmaganman.Oilada singilarimni uzatib jiyanli xam bo‘lganman. O‘zimga yarasha obro‘-e’tiborim bor. Xullas shu yoshgacha o‘zim tomonimdan jirkanch deb ataladigan insonlardan ya’ni o‘z nafsi yo‘lida o‘ylamasdan ayollar sha’niga bo‘xton qiladigan insonlar xam borligiga guvox bo‘ldim. Naxotki barcha ular tilida yoshi o‘tganlar xaqida shunday gaplar, tuxmatlar uyushtirishsa. Qani mexr-oqibat. Yonligida o‘zlarining qizlari, nabiralari ulg‘ayotganini o‘ylashmasa. Azaldan bir farzandga yetti qo‘shni ota-ona deb aytilardi. Qani o‘sha qo‘shnilar ular esa teskarisini qilishmoqda. Qo‘shnining farzandini loyga bulg‘ashadiyu o‘zlarining farzandlari qilayogan ish ko‘zga ko‘rinmaydi. Qani enda manam baralla aytsam oldin o‘zingizga boqing deb........ Qo‘limdan shu paytgacha kelmadi bunday deyish.
Barcha gap so‘zlarga sabr qilib kelmoqdaman. Ortimdan nima tuxmat qilishmasin bariga chidayman. Aybim vaqtida turmush qurmaganim, endi esa turmushga chiqishdan to‘g‘risi cho‘chiyman sababi turmush o‘rtog‘im tomonidan kamsitilishdan yoshi o‘tib qolgan deyilishdan qo‘rqaman. Bunga sabab bir dugonam 28 yoshida shunday taqdirga uchragani, xar kuni turmush o‘rtog‘i tomonidan kamsitilishidir. Uchrashuvlarga xam chiqmay qo‘ydim. Sababi maxallaga surishtirib kelishsa baribir o‘sha mani "mexribon" qo‘shnilarim bor. To‘g‘ri bu mavzu balkim boshqa mavzular oldida sayoz mavzudir lekin xa mayli ming bor uzr oldindan raxmat Sardoraka iloxim sog‘ bo‘ling. Ishlaringizga omad, oilaviy xotirjamlik, farzandlaringiz kamolini ko‘rishlik, ikki dunyo saodatiga erishishlik sizga nasib etsin omin. Sardoraka yana bir iltimos agar xatim chop etilsa ismimni yozmasligingizini so‘rab qoluvchi sizga xurmat bilan...
Eslatib o‘tamiz, xar yakshanba muxlislar kuni bo‘lib, o‘z muammo yoki ko‘ngil kechinmalari bilan bo‘lishib, keng omma bilan xal qilishga imkoniyatingiz bor.
tarona.net@bk.ru pochtasiga voqea yoki muammoingizni yozib yuborishingiz yoki @TaronaSupportBot manziliga telegramdan voqeangizni yuborishingiz mumkin.
Bunda sizni telefon raqamingiz ko‘rinmasligi va sizni voqeangiz anonim tarzda chop etilishiga kafolat! Diqqat! Saytga chop etilib bo‘lingan maktub keyin talabga binoan olib tashlanilmaydi!
Voqeangiz sayt orqali keng ommaga chiqishi va xalqdan turli maslaxatlar bo‘lishini bilib turib jo‘natdingizmi, o‘zingiz kutmagan va yoqtirmagan maslaxatni olib keyin olib tashlang deyish mantiqsiz!
yolgizning yori Olloh! Siqilmen 1ta sizmas yowi otib turmuwga 4iqmagan bunaqala rosa k6p. Ertami ke4mi bahtizi topasiz nasib qisayu hudo hohlasa! 4unki bu sinov! Xudo sinovi har kimi bardowiga qarab beradi!
To'g'ri hamma joyda bor ular qizlarini birinchi sovchigayoq berib yuborishadi kuyov yaxshimi yomonmi farqi yo'g qiziga maqulmi unisiga ham farqi yo'g' shunaqa qilmasa o'zini qiziniyam yomonlashvoradi
To'g'ri hamma joyda bor ular qizlarini birinchi sovchigayoq berib yuborishadi kuyov yaxshimi yomonmi farqi yo'g agar qiziga maqulmi unisiga ham farqi yo'g' shunaqa qilmasa o'zini qiziniyam yomonlashvoradi