Germaniyaning “Bavariya” jamoasi polshalik hujumchisi “Srvena Zvezda” klubi darvozasiga 14 daqiqa 31 soniya ichida 4 ta gol urdi. Bu natija bilan u eng tezkor poker muallifiga aylandi.
Polshalik hujumchi kecha jamoasi bilan Serbiyaga safar uyushtirdi. Ular Yevropa chempionlar ligasi guruh bosqichi 5-turi doirasida mahalliy “Srvena Zvezda” jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazdi. Uchrashuvda mehmonlar raqib darvozasiga javobsiz oltita gol kiritdi. Ushbu gollardan to‘rttasiga Levandovski mualliflik qildi. Natijada 31 yoshli polyak Chempionlar Ligasidagi eng tezkor poker muallifiga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, “Bavariya” hujumchisi joriy mavsum YeChL’da 5 ta o‘yinda 10 ta gol urishga erishdi va to‘purarlar ro‘yxatida yaqqol peshqadam bo‘lib turibdi.