Bundesliga. “Bavariya” mehmonda yirik hisobda g‘alaba qozondi
Futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 12-turi doirasida 23-noyabr, shanba kuni 5 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Xans-Diter Flik qo‘l ostidagi Myunxenning “Bavariya” klubi safarda “Fortuna Dyusseldorf”ni sinovdan o‘tkazdi.
O‘yin davomida “qizillar” vakillari Benjamen Pavar (11), Koranten Tolisso (27), Serj Gnabri (34) hamda Filippe Koutinyo (70) o‘z hisobiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa “Bavariya” mehmonda kechgan bahsda “Fortuna” darvozasiga javobsiz 4 ta gol urib, yirik hisobda g‘alaba qozondi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng Myunxen klubi ochkolari sonini 24 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. “Fortuna Dyusseldorf” klubi esa 11 ochko jamg‘arib 14-o‘rinni egallab turibdi.