«Bavariya» Dantega o‘ziga boshqa jamoa izlashni tavsiya qildi
Bild nashri xabariga ko‘ra, Myunxenning "Bavariya" klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yangi mavsumda Dantega ishonch bildirish niyatida emas. Shu sababli rahbariyat braziliyalik futbolchiga o‘zi uchun boshqa jamoa izlashi kerakligini ma’lum qildi.
Ammo futbolchining o‘zi Myunxendan ketmoqchi emasligini bildirgan. Uning jamoa bilan amaldagi shartnomasi hali ikki yil davom etadi. Dante “Bavariya”da uni hamma narsa qoniqtirayotganini ma’lum qilgan.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda Dante “Bavariya” tarkibida 27ta uchrashuvda maydonga tushgan.