2017/18 yilgi Chempionlar Ligasi 1/4 finalining birinchi o‘yinlari start oldi.
"Sevilya" o‘z maydonida "Bavariya"ni qabul qilib, kichik farq bilan mag‘lub bo‘ldi – 1:2.
O‘yinning 32-daqiqasida Sarabiya hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 5 daqiqa o‘tib, Navas o‘z darvozasiga gol kiritib, oradagi farqni tenglashtirdi. Mehmonlarga g‘alaba keltirgan gol 68-daqiqada Alkantara tomonidan kiritildi.
Jamoalar o‘rtasidagi javob o‘yini 11 aprel kuni Myunxenda bo‘lib o‘tadi.
Sevilya Ispaniya – Bavariya Germaniya 1:2
Gollar: 1:0 – 32 Sarabiya, 1:1 – 37, avtogol Navas, 1:2 – 68 Alkantara.
Sevilya – Soriya, Langle, Ker, Eskudero, Navas, Pisarro, Nzonzi, Vaskes, Sarabiya, Korrea (Sandro Ramires, 78), Ben-Yedder (Muriel, 80).
Bavariya – Ulrayx, Boateng, Xummels, Bernat (Rafinya, 46), Martines, Vidal (Xames, 36), Kimmix, Alkantara, Riberi (Robben, 79), Myuller, Levandovski.
Ogohlantirishlar: Riberi (13), Korrea (15), Bernat (34), Myuller (85), Pisarro (90).