Bahaybat timsoh amerikalikning uyiga “mehmon”ga keldi
Floridada yashovchi kishining uyiga bahaybat timsoh taqillatib keldi. Bu haqida “Daily Mail” nashri xabar beradi.
Ma’lum bo‘lishicha, sudralib yuruvchining uzunligi 3 metrga yaqin bo‘lgan. Uy egasi darhol qutqaruv xizmati 911ga qo‘ng‘iroq qilgan. “Men uyda aravachada yuraman va eshigimni katta timsoh taqillatmoqda”, dedi u.
Voqea joyiga Xilsboro tumani sherifi vakili va lisenziyaga ega hayvon tutuvchi yetib kelgan. Ular birgalikda timsohni tutishga muvaffaq bo‘lishgan. Gazetaning qayd etishicha, bu kabi vaziyatlar ko‘p takrorlanib turadi: tumanda havo harorati +27 darajagacha isib ketishi natijasida timsohlar ko‘cha bo‘ylab “tentirab” yurishadi.