“Bunyodkor” yarim himoyachisi Shohrux Gadoyev faoliyatini Ozarbayjon chempionatida davom ettiradi.
27 yoshli o‘zbekistonlik futbolchi Bokuning “Keshlya” klubi bilan bir yarim yillik shartnoma imzolagan. Bu haqda klub rasmiy saytida ma’lum qilindi.
“Keshlya” Ozarbayjon chempionatining 14-turiga kelib, “Qorabog‘” va “Neftchi”dan keyin musobaqa jadvalining 3-pog‘onasida bormoqda.
Gadoyev faoliyati mobaynida “Nasaf”, “Al-Muharraq” (Bahrayn) va “Tejon Sitizen” (Janubiy Koreya) kabi jamoalarda o‘ynagan.