16-noyabr, mahalliy vaqt bilan kechki beshlar atrofida butun Ozarbayjon hududi internetsiz qoldi. Bu haqda Ozarbayjonning Trend agentligi Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar qoldirgan.
Trend bergan ma’lumotga ko‘ra, mamlakat aloqa va yuqori texnologiyalar vazirligi matbuot xizmati boshlig‘i Mushvig Amirovning xabar berishicha, Delta Telecom provayderining DATA-markazida yong‘in kelib chiqqan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yong‘in mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan o‘chirilgan. Ayni damda internetni qayta ishga tushirish jarayonlari ketmoqda.