Madridning «Atletiko» klubi Ispaniya Superkubogi yarim finalida «Barselona» ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan uchrashuvda madridliklar 81-daqiqaga qadar 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchrayotgan edi. Garchi hisobni dastlab 46-daqiqada Koke ochgan bo‘lsada, keyin Messi va Grizmann kiritgan gollar «Barselona»ni oldinga olib chiqdi.
Ammo 81-daqiqada Morata penaltidan hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, 86-daqiqada Korrea «Atletiko»ning g‘alaba to‘pini kiritdi.
Shu tariqa «Atletiko» 67 yil davomida ilk bora o‘yin tugashiga 10 daqiqa qolganda «Barselona»dan g‘alabani tortib olishga muvaffaq bo‘ldi. Oxirgi marta 1953 yilning 14 iyunida madridliklar Ispaniya Kubogida 1:2 hisobida «Barselona»dan mag‘lubiyatga uchrayotganda 88 va 90-daqiqalarda gol urib, g‘alabani ilib ketgan edi.
Ispaniya Superkubogi
Yarim final
«Barselona» – «Atletiko» 2:3 (0:0, 2:3)
Gollar: 0:1 – 46 Koke, 1:1 – 51 Messi, 2:1 – 62 Grizmann, 2:2 – 81, penalti Morata, 2:3 – 86 Korrea.
Barselona – Neto, Umtiti, Alba, Pike, Serdji Roberto, de Yong (Fati, 88), Vidal, Buskets (Rakitich, 86), Grizmann, Messi, Suares.
Atletiko – Oblak, Lodi (Vitolo, 67), Savich, Tripper, Felipe, Saul, Errera (Koke, 46; Lorente, 72), Korrea, Tomas, Joau Feliks, Morata.
Ogohlantirishlar: Pike (31), Tomas (35), Suares (45), Savich (45), Felipe (64), Lorente (72), Vidal (77), Neto (80).