“Barselona” jamoasi “Yuventus” yarim himoyachisi Pol Pogba uchun 70 mln dollar to‘lashga tayyor. Bundan tashqari, yarim himoyachi 2015/16 yil mavsumida Turinda ijaraga qoldiriladi. FIFA “Barselona”ga yangi o‘yinchilar sotib olish huquqini shu yozning o‘zida qaytarsa, boshlang‘ich narxga yana 10 mln yevro qo‘shilishi mumkin.
Shartnoma tuzilishiga “Barselona”ning sport direktori Aredo Brayda va Pogbaning agenti Mino Rayola o‘rtasidagi muzokaralarda futbolchining maoshi xususida bir to‘xtamga kelinmayotgani to‘sqinlik qilmoqda. Agent o‘z mijoziga juda yuqori maosh berilishini talab qilmoqda, bu esa, klub mutasaddilarining fikricha, boshqa o‘yinchilarning noroziligiga sabab bo‘lishi mumkin.