"Barselona" klubi braziliyalik himoyachi Dani Alvesning mavsum yakunida jamoa bilan tuzgan shartnomasi yakuniga yetishini hisobga olib u kelishuvni uzaytirishni harakat qilmoqda. Sport.es nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, katalon klubi rahbariyati ushbu haftada futbolchiga yangi shartnoma taqdim etadi, deb yozadi sports.uz nashri.
Hozirda Alvesga Yevropaning PSJ, "Yuventus", "Liverpul", "Manchester Yunayted", Dortmundning "Borussiya" va "Inter" kabi grand jamoalari jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Futbolchi ushbu mavsumda Ispaniya chempionati doirasida 21 uchrashuv o‘tkazib, 3 golga mualliflik qilgan.