Ispaniyaning “Barselona” jamoasi darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen klub mashg‘ulotlariga qaytdi. Bu haqda kataloniyaliklar rasmiy saytida xabar qilinmoqda.
Germaniyalik posboni jarohati tufayli “Alaves”ga qarshi (1:2) Ispaniya chempionati 3-turini o‘tkazib yuborgandi. Uning o‘rniga yozda xarid qilingan Yapser Silessen maydonga tushgandi.
Ter Shtegen “Seltik” klubiga qarshi YeChL guruh bosqichi ilk o‘yinining qaydnomasiga kiritilgan va o‘yinda ishtirok etishi mumkin.