Banklar 2 oyda aholidan yarim milliard dollar qabul qilib oldi
O‘zbekiston aholisi sentabr-oktabr oylarida banklarga yarim milliard dollardan ortiq mablag‘ni sotgan.
Ma’lumotlarga qaraganda, bu vaqt oralig‘ida har oylik valyuta almashinuvi hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 70 foizga oshgan. Eksportchilar tomonidan sotilgan valyuta hajmi ham 2 barobarga oshgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyov “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi galdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzolagan edi. Mazkur hujjatga ko‘ra, 5 sentyabrdan O‘zbekistonning jismoniy shaxslari tijorat banklarining konvertatsiya bo‘limlarida amaldagi tartib-qoidalarga asosan chet el valyutasini erkin sotishi yoki sotib olishi mumkin. Ulardan esa chet elda hech qanday cheklovlarsiz foydalanish mumkin.
14 sentabr kuni Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Timur Aminjanovich Ishmetov, MB raisining o‘rinbosari Botir Zohidov 1 hafta mobaynida bank tomonidan aholidan 200 million dollar qabul qilib olingani haqida ma’lum qilishgandi.