Aziz Rajabiy sochni Ronalduniki kabi turmaklay oladi
O‘zbekistonlik mashhur qo‘shiqchi Aziz Rajabiy "Mening yurtim" telekanalining "41-hunar" nomli ko‘rsatuvida ishtirok etdi.
U ko‘rsatuv davomida o‘zining sartaroshlik qilishga qobiliyati borligini ma’lum qilib, bir safar mijozlardan birining sochini portugaliyalik futbolchi Ronalduniki kabi turmaklashiga to‘g‘ri kelganini aytdi.
Yunus Rajabiyning nevarasi bo‘lmish Aziz Rajabiy yana bir mashhur futbolchi Devid Bekhemning soch turmaklatish bo‘yicha qiziqishlariga to‘xtalib o‘tgan.
"Devid Bekhem ham o‘z muxlislari uchun turli xil soch turmaklash uslublari orqali o‘rnak bo‘lgan", deydi u.
O‘zining tan olishicha, Aziz tanbur chalishni o‘rganishdan oldinroq, qaychi bilan soch kesishni boshlagandi.
Uning doimiy mijozlari otasi, O‘zbekiston xalq hofizi Hasan Rajabiy hamda amakisi, O‘zbekiston xalq artisti Obid Yunusov hisoblanadi.