Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Avtomobilga tabiiy ofat yetkazgan zararni sug‘urta kompaniyasi qoplaydimi?

Shu oy respublikamizning ayrim hududlarida kuchli shamollar kuzatildi. Ayniqsa, Toshkent shahridagi tabiat hodisalari aholini biroz qo‘rquvga ham soldi. Shamol natijasida ko‘plab daraxtlar avtomobillar to‘xtash joyi va yo‘lning qatnov qismlariga qulab tushdi.
Shuningdek, ba’zi uylarning tomlari zarar ko‘rdi. Aksariyat hududlarda simlar to‘qnashuvi oqibatida elektr energiyasi ta’minotida uzilish yuz berdi. Poytaxtning markaziy ko‘chalari bo‘ylab katta hajmdagi reklama bannerlari, yo‘l yoqasidagi daraxtlar va ayniqsa aholi turar joylari oldida qoldirilgan avtomashinalar ham yaxshigina zarar ko‘rdi. Shu kunning o‘zidayoq internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining turli mavzelarida kuchli shamol natijasida ro‘y bergan noxush holatlar aks etgan video va suratlar namoyon bo‘la boshladi.
Ular ichida eng e’tiborni tortgani ko‘p qavatli uylar oldida turgan, zararlangan avtomashinalar bo‘ldi. Tabiiyki, internet foydalanuvchilari orasida bu holat qizg‘in munozaraga sabab bo‘ldi. Ya’ni, kimdir ushbu shikast yetgan avtomashina zararini sug‘urta kompaniyasi to‘lab berishi lozim, deya izohlasa, yana bir ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi, bu kabi tabiiy ofat sabab yetkazilgan zarar badali uchun sug‘urta kompaniyasi javobgar emas, deya ta’kidlamoqda. Xo‘sh, aslida-chi?
SUG‘URTA TURIGA BOG‘LIQ...
Ortiqxo‘ja Norov, “O‘zbekinvest” milliy-eksport sug‘urta kompaniyasi matbuot xizmati boshlig‘i:
Avvalo, shuni aytib o‘tish joizki, sug‘urtaning majburiy hamda ixtiyoriy turlari mavjud. Agar avtomashina ixtiyoriy sug‘urta turi buyicha sug‘urtalangan bo‘lib, sug‘urta shartnomasida sug‘urta holatlari sifatida sodir bo‘lgan tabiiy ofat oqibatida yetkazilgan zararning qoplanishi belgilangan bo‘lsa, bunday holda albatta sug‘urta kompaniyasi yetkazilgan zararni to‘lab beradi.
Respublikamizda amaldagi “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi (TVEFJMS) Qonunga muvofiq, sug‘urtalovchining uchinchi shaxs oldidagi javobgarligi sug‘urtalangan bo‘lib, uning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga ushbu sug‘urta hodisasi oqibatida yetkazilgan zararning o‘rnini shartnomada shartlashilgan haq, ya’ni sug‘urta mukofoti evaziga sug‘urta puli doirasida qoplash majburiyatini oladi. Bunda tabiiy ofat sug‘urta hodisasi sifatida ko‘zda tutilmagan.
MA’LUMOT UChUN
Ayni paytdagi transport vositalarini majburiy sug‘urta qildirish to‘lovi 4 ta jihatga:
Transport vositasining ot kuchiga ko‘ra;
Haydovchining staji;
Haydovchining yoshi;
Hudud kategoriyasiga ko‘ra belgilanadi.
Masalan, 41 ot kuchiga ega avtomashina, 22 yoshdan oshgan va 5 yildan ortiq stajga ega haydovchining Toshkent shahridagi transport vositasi uchun 1-marta sug‘urta to‘lovi 48.875 so‘mni tashkil etadi.
: sug‘urta to‘lovi so‘mmalari ayni paytdagi AQSh dollarining Markaziy bank kursi bo‘yicha hisoblab chiqarilgan.
Guvohi bo‘lganingizdek, xoh ixtiyoriy bo‘lsin, xoh majburiy, har qanday vaziyatda ham transport vositalarini sug‘urta qildirish qator afzalliklarga ega. Muhokamayu munozaralarga sabab bo‘lgan tabiiy ofat natijasida nafaqat zarar ko‘rgan avtomashina egalari, balki ushbu sahifani o‘qiganlar ham bugungi kunda ixtiyoriy sug‘urtaning ham o‘ta ahamiyatli ekanligini his etishsa, ajabmas.
Farida EGAMBERDIYEVA tayyorladi


Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 3136 | Рейтинг: 0| Рейтинг: avtomobil, sug'urta, tabiiy ofat
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:58
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное