ASUS kompaniyasi ZenFone 2 smartfonining 256 Gb doimiy xotiraga ega yangi versiyasini taqdim etdi. Shu bilan birga qurilma, 128 Gb’gacha bo‘lgan microSD flesh-kartalarini ham qo‘llab quvvatlaydi. Umumiy hisobda smartfon 384 Gb bo‘sh xotiraga hajmiga ega bo‘ladi. Yangi qurilma anchagina uzun – ASUS ZenFone 2 Deluxe Special Edition nomiga yega bo‘ldi.
Qolgan texnik ko‘rsatgichlarga keladigan bo‘lsak, smartfon – 5, 5 dyumli Full HD displey, 64 bitli Intel Atom ZZ3580 protsessori, 4 Gb tezkor xotira chipi, 13 megapiksell zichlikda suratga oluvchi kamera, 3000 mAch quvvatga ega batareya bilan jihozlangan.