Asal Shodiyevaning instagramdagi saxifasini buzishdi
Aktrisa Asal Shodiyevaning Instagram`dagi sahifasi buzib kirildi. Bu haqda mazkur ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bo‘lmish boshqa san’atkorlar xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, aktrisaning nomidan uning boshqa hamkasblariga xabarlar yo‘llanmoqda va shubhali havolalarga kirish so‘ralmoqda.
Aktrisa Dilnoza Kubayevaning nomidan uning muxlislari tomonidan yuritiladigan sahifaga ham Asal Shodiyeva xat “jo‘natdi”.
Unda xakerlar Asal Shodiyevaning nomidan Dilnoza Kubayeva nomi bilan yuritilayotgan sahifani buzib kirish bilan tahdid qilgan.
Ma’lumot uchun, aktrisa Dilnoza Kubayeva ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmasligini bir necha marotaba ta’kidlab o‘tgan.