Asal Shodiyevga hujum qilishdi! Nahotki, uning dushmanlari bo‘lsa?!
Yaqinda Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyida "Hay-hay qizaloq” nomli yangi
film premerasi bo‘lib o‘tdi. Premeraga tashrif buyurganlar film ijodkorlari sahnaga chiqishini intiqlik
bilan kutayotgandi. Kutilmaganda, sahna chekkasiga yig‘ilgan aktyorlar jamoasi tomondan
kimningdir baqirgan ovozi eshitildi. Yig‘ilganlarning e’tibori o‘sha tarafga qaratildi.
Tomoshabinlar orasida "Aktrisa xushidan ketdi!”, "Unga hujum qilishdi!”, "Nega yig‘layapti?”
kabi gap-so‘zlar paydo bo‘ldi. Aktrisa Asal Shodiyevning ko‘zlariga noma’lum shaxs
tomonidan sepilgan kimyoviy modda uning sahnaga chiqishiga to‘siq bo‘ldi. Og‘riq
ta’siridanmi yoki kutilmagan noxushlikdanmi, qichqirib yuborgan aktrisa sahnaga
chiqa olmadi. Aktrisa o‘sha ondayoq onasi bilan shifokorlar huzuriga borgan. Baxtiga
aktrisaningko‘ziga ziyon yetmadi. Hozir aktrisa o‘zini juda yaxshi his etmoqda.
Nahotki, o‘z rollari bilan muxlislar ko‘nglidan joy olgan aktrisaning dushmanlari
bo‘lsa?!
У чиройли актриса имсми хам Асал ўзи хам Асал лекин хар бир инсонинг душмани бўлиши мумкин хаёт шуниси билан қизиқ экан нима хам қила олардик . . . . . . . . . . . . !