"Malikam, endi qara" klipida Asal Shodiyeva suratga tushdi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Raximxonning "Malikam, endi qara" qo‘shig‘iga rejissyor Sanjar Matkarimov va tasvirchi Narimon Sultonxo‘jaev tomonidan 3 kun davomida klip suratga olindi.
Klip syujeti ham romantik, ham maxzun. Bosh rollarda aktrisa Asal Shodiyev va Sug‘diyona Azimovani ko‘rishingiz mumkin. Klipning alohida jihati shundaki, bosh qahramon yigit rolini O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Raximxonning o‘zi ijro etgan. Xonandani hali sira bunday rolda ko‘rmagansiz. Klip premerasi sentabr oyida bo‘lib o‘tadi.