Instagram ijtimoiy tarmog‘idan faol foydalanuvchilar o‘zbek estradasi yulduzlarimizning «Malikam endi qara” reklama aksiyasidan xabardor bo‘lsalar kerak?!
“Cherry” reklamasi kabi sirli iboralar bitilgan qog‘ozlar nafaqat muxlislarni, balki shou-biznes vakillarini ham o‘ylantirib qo‘ydi.
Fotosuratlardan ko‘rib turganingizdek, Lola, Munisa Rizayeva, Shohruhxon, Manzura, Tohir Usmonov, Dilso‘z, Jahongir Poziljonov, Jasur G‘oipov singari yulduzlarimiz “Malikam endi qara” iborasi bitilgan qog‘ozni reklama qilishmoqda.
Yana bir boshlovchilarimizdan biri Ravshan Hakimov ham shunday qog‘ozni reklama qilib suratga tushdi va Instagram tarmog‘iga joylashtirdi. Barcha esa “Malikam endi qara” nimaligiga javobni Sardor Rahimxondan so‘rashmoqda.
Demak, masalaning yechimini aynan Sardor Rahimxonning o‘zi biladi. Xonanda barcha savollarga 27-iyun kuni “O‘zbegim Taronasi” radiosi orqali oydinlik kiritilishini ma’lum qildi. Shu kuni Tarona Records va Tarona.net Media tomonidan taqdim etilgan yangi taronaga baho berishingiz mumkin bo'ladi. Demak Premyerani o'tkazib yubormang, Bizdan uzoqlashmang.