Apple endi yiliga ikki marta iPhone ishlab chiqaradi
Apple iPhone chiqarish strategiyasini o‘zgartirish arafasida: 2021-yildan boshlab kompaniya yangi qurilmalarni yiliga ikki marta ishlab chiqaradi.
Raqobatlashishning yangi ko’rinishi
Xabarda ma’lum qilishicha, har olti oylik siklda bir Apple ishlab chiqarish boshqa smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan raqobatlashish va yangi qurilmalarda barcha zaruriy o‘zgarishlarni amalga oshirish imkonini beradi.
Tahlilchilarning xabar qilishicha, 2020-yilning sentabr oyida Apple iPhone’ning birato‘la to‘rtta yangi modelini taqdim etadi. Qurilma diagonali 5,4, 6,1 va 6,7 dyumli bo‘lgan OLED ekranlari bilan ta’minlangan. Ularning barchasi 5G tutadi.
Ma’lumot o‘rnida
Apple 2011-yildan beri har kuzda iPhone’ning yangi modellarini taqdim etib kelmoqda. 1976-yilda tashkil etilgan Apple iPhone, iPad planshetlari va iMac kompyuterlari, MacBook noutbuklari, iPod musiqali pleyeri kabi bir qator yuqori texnologiyali qurilmalarni ishlab chiqaradi.
Bosh qarorgohi Kaliforniyaning Kupertino shahrida joylashgan korporatsiya dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri sanaladi. Uning bozordagi kapital miqdori tahminan 1,2 trillionni tashkil qiladi.