Anjelina Joli Bred Pittdan olti bolani boqish uchun pul talab qilmoqda
Anjelina Joli sud orqali sobiq eri Bred Pittdan bolalarni boqish uchun “yetarlicha pul” talab qilmoqda, deb yozadi “Vesti.ru”.
Ammo jurnalistlar aktrisa aynan qanday miqdordagi mablag‘ni olti farzandini tarbiyalash uchun yetarli deb hisoblashini bila olmadi.
Bred Pittning huquqshunoslari, o‘z navbatida, ularning mijozi sobiq xotini oldidagi moliyaviy majburiyatlarini to‘liq hajmda bajarayotganini ma’lum qildi.
Gollivud yulduzlari birgalikda o‘n yil hayot kechirgach, ikki yil avval ajrashdi. Ular olti nafar bolani tarbiyalamoqda, shularning uch nafari — asrab olingan.