Anjelina Joli Bred Pitt bilan nega ajrashganini aytdi
Gollivud aktrisasi Anjelina Joli sobiq turmush o‘rtog‘i, aktyor Bred Pitt bilan nega ajrashganini aytdi. Bu haqda Vogue jurnaliga intervyu berdi. Aktrisaning aytishicha, u farzandlarining farovon hayoti uchun shunday qarorga kelgan va buni to‘g‘ri deb hisoblaydi. Joli shu vaqtga qadar bu haqda gapirmagani va ayrim odamlar bu sukutdan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanib qolishayotganini ta’kidladi. "Farzandlarim ommaviy axborot vositalarida o‘zlari haqidagi yolg‘onlarni o‘qishadi, men esa ularga ham doim aqlni ishlatib, chuqur o‘ylash kerakligini uqtiraman", — dedi Joli.