Ana xolos! “Barselona” Messi shartlarini bajarishga majbur bo‘lgan
Kataloniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messi yozda Angliyaning “Manchester Siti” klubidan juda katta miqdorda taklif olgan, lekin futbolchi “shaharliklar”ning ushbu taklifiga rad javobini bergan ekan.
Ma’lum bo‘lishicha, manchesterliklar “Barselona” yetakchisining Angliyaga ko‘chib o‘tishi uchun, 100 mln yevro evazida ko‘tarma pullari va yiliga 50 mln yevro maosh berish bo‘yicha taklif yuborishgan.
Kataloniya klubi ham Messining yangi shartnomasidagi bandlarga ko‘ra yuqorida keltirib o‘tilgan miqdor bo‘yicha maosh to‘lashi kerakligi qayd etilgan.
Agar “Barselona” Messining yangi tuzilgan shartnomasidagi yillik maoshini 50 mln yevroga ko‘tarmaganida, futbolchi o‘ylab o‘tirmasdan ispaniyalalr bilan amaldagi shartnomasini uzaytirmasdan boshqa jamoaga o‘tishini aytib o‘tgan.
Natijada “Barselona” rahbariyati Messining yillik maoshini 50 mln yevroga oshirgan va u bilan yangi shartnomaga imzo chekishga majbur bo‘lishgan.
Shuningdek, “Barselona” Messi bilan tuzilgan yangi shartnomada uning imij huquqlaridan keladigan pullarni ham o‘zining hisob raqamiga o‘tkizish masalasini hisobga olgan.
Ma’lumot uchun, Lionel Messining yangi shartnomasidagi transfer narxi 700 mln yevroni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda “Barselona” tajribali futbolchi bilan amaldagi shartnomani uzaytirgandi.